Telegram'dagi shaxsiy AI yordamchi

Pulim qayoqqa ketdi?
Menbop aniq biladi.

Oddiy yozasiz yoki gapirasiz — Menbop xarajatlarni yozib boradi, reja va eslatmalarni vaqtida aytadi, qarzlarni unutmaydi. Ilova o'rnatish shart emas.

2 000 so'm bonus bilan 30 soniyada boshlash Ma'lumotlar faqat sizga
Menbop 😎online
Xabar yozing…
YozildiOvqat · 45 000 so'm
08:30 da eslatamanUchrashuv · 09:00
Imkoniyatlar

Bitta chatda — butun kundalik hayotingiz

Buyruqlarni yodlash shart emas. Menbop sizni do'stingizdek tushunadi va kerakli ishni o'zi bajaradi.

Xarajat va daromad

Har bir so'mni o'zi kategoriyaga ajratib yozadi. Chek yoki bank SMS'ini yuborsangiz ham tushunadi.

«Tushlikka 45 ming, taksiga 18 ming»

Reja va eslatmalar

Uchrashuv, vazifa va takrorlanuvchi ishlar. Bir ishga bir nechta eslatma — aynan kerakli vaqtda.

«Ertaga 9:00 da uchrashuv, yarim soat oldin eslat»

Qarzlar va do'stlar

Kim kimga qarzdor — aniq. Do'stingiz ham Menbop'da bo'lsa, qarz ikkala tomonda tasdiq bilan yuritiladi.

«Do'stimga 300 ming berdim, har kuni eslatib tur»

Ovoz bilan boshqaring

Yozishga vaqt yo'qmi? Ovozli xabar yuboring — Menbop tushunadi, xohlasangiz ovoz bilan javob ham beradi.

Rasm va cheklarni o'qiydi

Chek, o'tkazma skrinshoti yoki hujjat rasmini yuboring — summasi va sanasini aniq ajratib oladi.

Hisobot va tahlil

Kunlik, haftalik, oylik hisobotlar, byudjet chegarasi va oylik to'lovlar — qayerga ko'p ketayotganini ko'rasiz.

Qanday ishlaydi

Boshlash — 3 qadam

1

Botni oching

@menbop_bot ga /start bosing va tilni tanlang.

2

Raqamni yuboring

Bir tugma bilan ro'yxatdan o'tasiz va bonus olasiz.

3

Oddiy yozing

Xarajat, reja yoki savol — Menbop qolganini o'zi qiladi.

Mini ilova

Hammasi bir qarashda

Telegram ichidagi chiroyli ilovada xarajatlar diagrammasi, qarzlar, do'stlar va vazifalarni ko'rasiz va tahrirlaysiz.

  • Kategoriyalar bo'yicha diagramma va kunlik, haftalik, oylik hisob
  • Do'stlar bilan umumiy qarzlar — tasdiq va eslatmalar bilan
  • Yorug' va qorong'i mavzu, o'zbek (lotin, kirill), rus va ingliz tillari
  • Har kuni ertalab qisqa hol so'rash va reja — vaqtini o'zingiz tanlaysiz
Shu oy · Xarajat2 450 000 so'm
🍽 Ovqat980 000
🏠 Uy va kommunal620 000
🚕 Transport540 000
🎉 Ko'ngilochar310 000
Sizga qaytarilishi kerak300 000
Bugungi vazifalar3
Narx

Obuna yo'q. Faqat ishlatganingiz uchun

Oylik to'lov majburiyati yo'q — balansni xohlagan summaga to'ldirasiz.

Boshlash bepul

2 000 so'm

Ro'yxatdan o'tganda bonus. Do'stingizni taklif qilsangiz — ikkalangizga ham qo'shimcha bonus.

Ishlatganingizcha

Arzon

Faqat AI javoblari uchun haqiqiy sarf hisobidan. Eslatmalar, hisobotlar va mini ilova bepul ishlaydi.

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Ilova yuklab olish kerakmi?

Yo'q. Menbop to'liq Telegram ichida ishlaydi — bot va mini ilova orqali. Hech narsa o'rnatish shart emas.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Yozuvlaringiz faqat sizga ko'rinadi. Bank kartangiz yoki parollaringiz so'ralmaydi. Xotirani istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin.

Qaysi tillarda ishlaydi?

O'zbek (lotin va kirill), rus va ingliz tillarida — ovozli xabarlarni ham tushunadi.

Balans tugasa nima bo'ladi?

Eslatmalar, hisobotlar va mini ilova ishlashda davom etadi. Faqat AI javoblari uchun balansni to'ldirish kerak bo'ladi.

Guruhda ishlata olamanmi?

Ha. Menbop'ni guruhga qo'shing — umumiy hisobni bo'lish, eslatma, so'rovnoma va valyuta kursi kabi ishlarda yordam beradi.

Siz ayting, Menbop uddalaydi!

Bugundan boshlab hech narsa esdan chiqmaydi — pul ham, reja ham, qarz ham.

@menbop_bot ni ochish